"Defensa Central" xabariga ko'ra, agar braziliyalik futbolchi shu yozda "qirollik klubi"ni tark etsa, uning o'rnini PSJning franciyalik vingeri Bredli Barkola egallashi mumkin. Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso parijliklar vingeri transferiga qiziqmoqda. Qayd etish joizki, ekspertlar hozirda Barkolaning transfer qiymatini 70 million evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, Bredli Barkola o'tgan mavsum Franciya chempionatida 34 o'yinda qatnashib, 14 ta gol urgan va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.