Bosh sahifa
29 may 06:56 Tennis

"Rolan Garros". Daniil Medvedev 1/8 finalga chiqdi

Franciya poytaxti Parij shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turniri davom etmoqda.

Dunyoning ikkinchi raketkasi Daniil Medvedev uchinchi davrada ATP reytingida 31-o'rinni egallab turgan serbiyalik Miomir Kechmanovichni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lub etdi - 6/2, 6/4, 6/2. 

Bir soatu 51 daqiqa davom etgan bahsda rossiyalik tennischi 6 ta eys, 3 ta qo'shxato va 5 ta breyk-poynt qayd etgan. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. 

Manba : gotennis
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar