Norvegiyalik tennischi Franciya Ochiq chempionatining ikkinchi davrasida reytingning 129-pog'onasida borayotgan italiyalik Julio Dzepperini to'rt set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/2, 4/6, 7/5.
Uch soatu etti daqiqa davom etayotgan bahsda Ruud 2, Dzepperi 9 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Endi Ruud CHjichjen CHjanga qarshi kortga chiqadi. Xitoylik tennischi uchinchi bosqichda argentinalik Tyago Tiranteni 7/6(3), 6/3, 6/4 hisoblarida taslim etdi.