Ular orasida Ispaniya Qiroli Filipp VI ham borligini alohida takidlash joiz. Mamlakat rahbari final yakunlanganidan so'ng Nadalni "Rolan Garros" turniridagi 14-sovrin bilan tabrikladi. Bu epizod kamera obektivlariga tushib qolgan.
SHuningdek, Norvegiya shahzodasi Xokon ham vatandoshi Kasper Ruudni qo'llab-quvvatlash maqsadida Parijga etib kelgan. Aktyorlar Maykl Duglas va Xyu Grant, futbolchilar Robert Levandovski hamda Marko Verratti ham finalni bevosita arenada kuzatgan.