Rossiyalik tennischi ATP reytingida 37-o'rindan joy olgan chililik Kristian Garinni 6/4, 3/6, 6/2, 7/6(11) hisobida taslim etdi. Uchrashuv 3 soatu 11 daqiqa davom etgan. Andrey 10 ta, Kristian esa 4 ta eys zarbasini ijro etgan.
Etiborlisi, Rublyov to'rtinchi setda 0/3 hisobida yutqaza turib, yakunda setni g'alabaga aylantirib oldi. U tay-breykda beshta set boldan chiqib ketdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Andrey yana g'alaba qozondi - 3:0.