Bosh sahifa
05 jan 08:47 Futbol

Ronaldu diskvalifikaciya sabab yaqin orada "Al Nassr"da debyut qila olmaydi

Daily Mail nashriga ko'ra, Angliyada berilgan diskvalifikaciya Saudiya Arabistoni chempionatida ham amal qiladi.

U "Everton"ga qarshi o'yinda yosh muxlisining qo'lidan telefonni olib qo'ygandi. Ushbu harakati sabab 37 yoshli hujumchi Angliya futbol associaciyasi tomonidan ikkita o'yinga diskvalifikaciya qilingan. 

FIFA qoidasiga ko'ra, bir ligada qo'yilgan taqiq boshqa bir ligada ham amal qiladi. Qaror chiqarilgach, APLda tanaffus elon qilingandi. SHundan so'ng Ronaldu va MYU shartnomani bekor qilgan. SHu sababli, portugaliyalik futbolchi hali jazoni o'tamagan. 

"Al Nassr"ning navbatdagi o'yini bugun "Al Taee"ga qarshi o'tkaziladi. Undan keyin esa jamoa 14 yanvar kuni "Al SHabab"ga qarshi o'ynaydi. 

Manba : Daily Mail
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar