Dunyo reytingida 8-o'rinni egallab turgan rossiyalik Andrey Rublyov yarim final uchrashuvida dunyoning birinchi raketkasi ispaniyalik Karlos Alkarazni 6/2, 6/1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Tennischilar kortda 58 daqiqa harakat qilishgan. Rus hamkasblarimizning xabar berishicha, bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Rublyov 6, Alkaraz esa 3 ta eys zarbasini ijro etgan. Bu Karlos uchun jarohatidan keyingi ilk uchrashuv bo'ldi.