Birjan Jakipov mahalliy nashrlardan biriga bergan intervyusida Saken Bibosinov va Hasanboy Do'smatov o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi:
- Toshkentdagi jahon chempionatida siz avval to'qnash kelgan Hasanboy Do'smatov ishtirok etadi. Saken Bibosinovga qanday maslahat bera olasiz?
- Men bilan solishtirganda Sakenning bo'yi balandroq. U sovuqqon bo'lishi, taktikani o'ylab ko'rishi va raqibini o'ng qo'li bilan yaqinlashishga yo'l qo'ymasligi kerak. O'z vaqtida mening ham xatolarim bo'lgan. Unga turnir oldidan barcha maslahatlarni beramiz.