Bosh sahifa
20 iyu 08:14 Boks/MMA

Sebastyan Fundora revansh jangida ham Czyuni taslim etdi, bu safar muddatidan oldin! (VIDEO)

AQSHning Las-Vegas shahrida Premier Boxing Championship promouterlik kompaniyasi yirik prof boks oqshomini o'tkazmoqda.

Musobaqa asosiy kardi doirasida super yarim o'rta vazn toifasida amerikalik WBC chempioni Sebastyan Fundora WBO kamarining sobiq sohibi, Avstraliya vakili Tim Czyu bilan to'qnash keldi.

12 raundlik titul bellashuvi ettinchi raundda to'xtatildi. Czyuning burchagi sakkizinchi raundga chiqishni istamadi va jangda Sebastyan g'olib bo'ldi.

Bungacha Tim jangning birinchi raundida nokdaun holatiga tushgandi.

SHunday qilib, Sebayatyan Fundora ikkinchi bahsda ham Tim Czyuni taslim etdi. Bokschilar o'rtasida 2024 yil mart oyida o'tkazilgan ilk jangda amerikalik charm qo'lqop ustasi ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchgandi.

Malumot uchun, ushbu vazn toifasida o'zbekistonlik WBA sobiq chempioni Isroil Madrimov faoliyat yuritadi.

Manba : PBC
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar