Bosh sahifa
14 avg 11:16 Tennis

Serena va Rudukanu uchrashuvi oldidan qiziqarli fakt

Kelasi hafta Cincinatida mavsumning navbatdagi "Masters" turniri bo'lib o'tadi.

Ayollar o'rtasidagi bahslarning ilk davrasida "Katta Dubulg'a" turnirlarining 23 karra chempioni amerikalik Serena Uilyams va US Open-2021 g'olibasi britaniyalik Emma Radukanu to'qnash keladi. Bu ularning ilk rasmiy uchrashuvi bo'ladi. 

Qizig'i shundaki, Emma dunyoga kelgan paytda (13 noyabr 2002) Serena allaqachon bir qancha yutuqlarni qo'lga kiritib bo'lgandi. Quyida ular bilan tanishing:

210 ta uchrashuvda g'alaba;

WTA reytingida etakchilik;

19 ta titul, shularning 4 tasi "Katta Dubulg'a"da;

Graf, Xingis, Vinus, Kleysters, Enen kabi o'sha davrning kuchli tennischilar ustidan g'alaba;

Ayni paytda 20 yoshli Radukanu WTA reytingida 10-o'rinni egallab turibdi. 41 yoshli Serena Uilyams esa reytingni tark etgan.

Manba : olamsportcom
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar