Bosh sahifa
09 iyu 15:29 Boks/MMA

SHahram G'iyosov bo'lajak jangi oldidan AQSHga etib bordi

18 iyun tongida Amerika Qo'shma SHtatlarining Nyu-Orlean shahrida navbatdagi professional boks oqshomi tashkil etiladi.

Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan mazkur boks kechasida hamyurtimiz SHahram G'iyosov amerikalik Harold Kalderon bilan jang qilishi haqida xabar bergan edik.

G'iyosov bo'lajak jangga Qirg'izistonda tayyorgarlik olib borgan edi. Kuni kecha u Amerika Qo'shma SHtatlariga etib borganini malum qildi.

Eslatib o'tamiz, SHahram G'iyosov va Harold Kalderon o'rtasidagi yarim o'rta vazn toifasidagi mazkur jang WBA chempionlik kamari uchun Eliminator jangi hisoblanadi.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  +1 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar