Bosh sahifa
27 jan 17:21 Futbol

SHevchenko Polsha termasida ishlamoqchi

Murabbiy Andrey SHevchenko "Jenoa" bilan shartnomani bekor qilish ishlarini olib bormoqda.

"Sport.pl" xabariga ko'ra, ukrainalik mutaxassisning Genuya klubi bilan shartnomasi bekor qilinganicha yo'q. Biroq u istefoga chiqarib bo'lingan.

Avvaliga SHevchenko klubdan bir yillik maoshini talab qilayotgandi. Ammo hozirda bu summa yillik maoshning yarmigacha tushdi. SHu orqali u Polsha termasida minimal maoshda ishlashi mumkin bo'ladi.

Oldinroq Polsha FF mutaxassisga yiliga 2,5 million evro maosh to'lashi aytilgandi.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar