Bosh sahifa
26 dek 10:33 Boks/MMA

SHon O'Melli hamma uni yaxshi ko'radigan UFC`ning yagona jangchisini aytdi

Bu ko'pchilik kutgandek Xabib, Konor, Dastin, Jastin, Jons yoki Toni emas.

SHonning fikricha, superog'ir vazn toifasi vakili Tay Tuivasa UFC promoushenining xeyterlari, ko'rolmaydigan insoni yo'q yagona jangchisi ekan. 

"Agar mening xeyterlarim bo'lsa, demak, men hammasini to'g'ri bajaryapman. Agar meni hamma yaxshi ko'rganida, hozirgidek yulduz bo'lmasdim. SHubhasiz, UFC`da bir kishi bor va uni hamma birdek yaxshi ko'radi. Bu - Tay Tuivasa! Balki, u xeyterlari yo'q yagona inson bo'lsa kerak. Qanday qilib bu bolani yaxshi ko'rmaslik mumkin? 

O'zimga kelsak, meni yoqtirmaydi odamlar etarli. Lekin kafolat berib aytamanki, aynan ular mening jangimni tomosha qilishadi. Ular jangim bo'layotgan paytda televizorni o'chirishmaydi, boshqa kanalga olishmaydi. Oshxona yoki hammomga kirib ketishmaydi", - dedi SHon.

Eslatib o'tamiz, 28 yoshli Tay «Bam Bam» Tuivasa to'rtta nokautli jangdan iborat seriyani davom ettirmoqda. U Stefan Struv, Gerri Xansaker, Greg Xardi va Augusto Sakayni nokautga uchratgandi. Avstraliyalik bo'lgan Tuivasa g'alabali jangidan so'ng birovning krossovkasida pivo ichishni odat qilgan. U ayni paytda UFC reytingida 11-o'rinni egallab turibdi.

Manba : fighttime
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  --3 

Fikrlar

+0
26/12 13:46
Muhammadamin
Bitta intervyuda Sean O'Malley cuckoldligini tan ogand uwa intervyuni bekor qoymadilade Olampsort
+0
26/12 12:13
CHELSEA2211
Shon boʻlajak chempion...
+0
26/12 12:09
Mironsho_Jabborov
Zo'rku)
+0
26/12 11:15
боксёр
Ha Tuivasaning janglarini korish zavqli, ajoyib zarbasi bor, lekin jangdan keyingi odati uning aptaritetiga togri kelmaydi da
+0
26/12 11:13
Ayubkhon Mukhammadjonov
Jirkanch

O’xshash yangiliklar