Bosh sahifa
19 apr 17:51 Tennis

SHtutgart. Mariya Sakkari Plishkovaga yutqazib qo'ydi

Germaniyaning SHtutgart shahrida tennis bo'yicha nufuzli WTA turniri davom etmoqda.

Biroz kutilmaganda dunyoning 9-raketkasi, greciyalik Mariya Sakkari WTA reytingida 17-pog'onadan joy olgan chexiyalik Karolina Plishkovaga 2/6, 3/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Plishkova tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hisobda oldinga chiqib oldi - 4:3.

Etmish ikki daqiqa davom etgan bahsda Sakkari 6, Plishkova 7 ta eys zarbani ijro etgan. Mariya bironta ham breykni amalga oshira olmagan. Karolinada bu statistika 4 tani tashkil etdi. Endi u xorvatiyalik Donna Vekichga qarshi kortga chiqadi.

Manba : gotennis
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar