"Buyog'iga nima bo'lishini bilmayman. Odamlar Stipe Miochich - Jon Jons jangi haqida gapirishmoqda. Ammo, men shu erdaman. Mening navbatdagi raqibim kim bo'lishi haqidagi savollarga aniq javobim yo'q. Ehtimol shov-shuv va pul tufayli Jon Jons bo'lishi mumkin" — deya Ganning so'zlarini keltiradi MMAFighting.
SHuningdek, Siril Gan, o'ziga "vyzov" tashlagan Kyortis Bleyds bilan jangga qiziqmasligini aytdi.
"Keyingi raqibim Kyortis Bleyd bo'lmasligi aniq. Bu aqlli tanlov emas. Balki Stipe yoki Jons, ulardan biri keyingisi bo'ladi" – deya qo'shimcha qildi Siril Gan.
Eslatib o'tamiz, Parijda bo'lib o'tgan UFC oqshomida Siril Gan Tai Tuivasani mag'lub etgan edi.