Eng engil vazn toifasida UFC chempioni, amerikalik Aljemeyn Sterling hamyurti SHon O'Melli bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Men pulni yaxshi ko'raman, pul meni xursand qiladi. Va agar hozir bu vaznda pulli jang bo'lsa, bu - SHon O'Melli bilan. Bu yigit jang qilishni biladi, u mahoratli. Bu jang unga emas, menga kerak", - deya Sterlingning so'zlarini keltiradi MMA News nashri.
Sterling 22 oktyabr kuni Ti Jey Dillashouni mag'lub etib, o'z chempionlik kamarini himoya qilgan edi. SHon O'Melli ham o'sha kuni oktagonga ko'tarilgan va g'alaba qozongandi. U Petr Yan ustidan zafar quchib, eng engil vazn reytingida birinchi o'ringa ko'tarilib olgan edi.