Bosh sahifa
02 iyu 08:31 Taekvondo

Taekvondo. Bugun jahon chempionatining beshinchi kunida ikki nafar vakilimizga muxlislik qilamiz

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida taekvando WT bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Bugun, musobaqaning beshinchi kuni doirasida erkaklar -54, ayollar esa -46 kg vazn toifasida g'oliblik uchun kurashadi. Bugun ushbu vazn toifalarida hamyurtlarimiz Omonjon Otajonov hamda Zuhraxon Tojimatovaga muxlislik qilamiz.

Ular musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlaydilar:

-54 kg: Omonjon Otajonov - Brayan Reyes Garrido (Kolumbiya)
-46 kg: Zuhraxon Tojimatova - Neza Elaasal (Marokash).

Bahslar Toshkent vaqti bilan 10:00 dan boshlanadi.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar