Bosh sahifa
27 mar 07:42 Dzyudo

Tartib-intizomni buzgan dzyudochilarimiz jiddiy tarzda ogohlantirildi

O'zbekiston dzyudo federaciyasida Tartib-intizom komissiyasining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda dzyudochilar tomonidan tartib-intizom qoidalarining buzilish holati ko'rib chiqildi. Ular federaciya bilan imzolangan mehnat shartnomasiga xilof ish qilishgan. Erkaklar terma jamoasining 3, ayollar terma jamoasiga nomzod 4 nafar dzyudochimiz federaciya ruxsatisiz sambo hamda to'y kurashi musobaqalarida ishtirok etgan. 

Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) bu kabi holatlarni keskin qoralaydi. Dzyudodan boshqa kurash turlaridagi musobaqalarda ishtirok etish qatiyan man etiladi. Bu holat IJF sport va tashkiliy qoidalarining 4.1-moddasiga ko'ra jazoga tortiladi. Boisi, dzyudochi boshqa sport turidagi musobaqalarda kutilmagan jarohat orttirib olishi va buning natijasida terma jamoani qiyin ahvolda qoldirishi mumkin. 

O'zbekiston dzyudo federaciyasi Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra etti nafar dzyudochimiz jiddiy tarzda ogohlantirildi. Agar bu holat yana takrorlansa, uch oydan bir yilgacha bo'lgan muddatga barcha musobaqalardan chetlatiladi. 

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar