Bosh sahifa
24 may 16:56 Boks/MMA

Tayson Fyuri Rogan va Jons bilan bo'lgan mojaro haqida gapirdi

Super og'ir vazn toifasida jahon chempioni Tayson Fyuri UFC sharhlovchisi Jo Rogan va og'ir vazn toifasida chempionlik unvoni sohibi Jon Jons haqida gapirdi.

Avvalroq, Rogan Fyuri Jonsni mag'lub eta olmasligini aytgan edi. Bunga javoban "Lo'lilar qiroli" Roganga keskin javob qaytardi, shundan so'ng Jons uni UFCʼda jang o'tkazishga taklif qildi.

Biroq, Fyuri bu gaplarning barchasini jiddiy qabul qilmasligini aytdi.

"Bularning hammasi bemanilik. Qachon Jon Jons bilan jang qilish uchun xonaga kiramiz? Nega men Jon bilan bir xonadaman?

To'g'risini aytadigan bo'lsak, agar biz Jons bilan bir xonaga qirsak u meni ura oladi deb kim aytdi. Gap boks yoki MMA haqida ketmayapti. Bu xonada nima bo'lishini hech kim bilmaydi", - dedi Fyuri.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar