Bosh sahifa
07 mar 12:37 Futbol

Ten Xag 0:7 dan keyin MYU azolariga antiqa jazo qo'lladi

Bu haqda “The Mirror” xabar bermoqda.

Unga ko'ra, “Manchester Yunayted” ustozi Erik ten Xag shogirdlariga tinch holatda o'tirib, “Liverpul” futbolchilarining 7:0 hisobidagi g'alabasini nishonlashayotganini tinglashga majbur qilgan.

Ten Xag o'yinchilariga yuzlanib, pul to'lab ayanchli manzarani ko'rgani kelgan muxlislar bilan emas, Manchesterga klub avtobusida qaytishayotgani ularning baxti ekanini aytgan.

SHuningdek, niderlandiyalik mutaxassis futbolchilarga bir necha oy oldin MYU rahbari tomonidan olib kelingan sport psixologi Rene Kers bilan yangi seanslar kutayotganini tushuntirgan.

Manbaning aniqlashicha, ten Xag “qizil iblislar” azolarining o'tgan mavsumdagi kabi omadsiz kunlari takrorlanishini istamayapti, shu tufayli u futbolchilarni sport psixologi bilan ko'proq ishlashga undamoqda.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar