Bosh sahifa
19 apr 10:03 Sport kurashlari

Tokio Olimpiadasi ishtirokchisi Jalgasbay Berdimuratov ham 1/2 finalda!

Ulan-Bator shahrida sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi kungi saralash bahslari davom etmoqda.

Bugun qita chempionatini yunon-rum kurashi musobaqasi ishtiroklari boshlab berishdi. Biroz avval -87 kg vazn toifasidagi kurashchimiz, Tokio Olimpiadasi ishtirokchisi, jahon chempionatining kumush medali sovrindori Jalgasbay Berdimuratov yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Qoraqalpoq o'g'loni chorak final bellashuvida mo'g'ulistonlik Batbayar Lutbayarni 11-0 hisobida engdi. Uning final yo'llanmasi uchun kechadigan bahsdagi raqibi hindistonlik Sunil Kumar bo'ladi. Kumar chorak finalda yaponiyaik Masato Sumini 5-3 hisobida taslim etdi. 

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar