Bosh sahifa
24 avg 14:22 Paralimpiya

To'rabek Nazarqulov Jahon chempionati sovrindori!

Milan (Italiya) shahri mezbonlik qilayotgan para kanoeda eshkak eshish bo'yicha Jahon chempionati o'z nihoyasiga etib bormoqda.

Dunyo birinchiligining kechagi kuni doirasida terma jamoamiz azosi To'rabek Nazarqulov VL3 dasturidagi final bosqichida ishtirok etib, 47.28 soniyada finishga etib keldi. Bu To'rabekka kumush medalni taqdim etdi.

1. Yi Pu (Xitoy)

2. To'rabek Nazarqulov (O'zbekiston)

3. Jovanna Vieyra de Paula (Braziliya).

Malumot o'rnida, bugun turnirning so'nggi kunida Irodaxon Rustamova, SHahzoda Mamadalieva, Oybek Yo'ldoshev va Azizbek Abdulxabibov, shuningdek, Xasan Qo'ldashev medallar yo'lida startga chiqadi.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar