Bosh sahifa
23 dek 14:11 Boks/MMA

Uayt Makgregor va Dias o'rtasidagi uchinchi jangni tashkil qilishga tayyor

UFC prezidenti Dana Uayt takidlashicha, 2022 yilda ikki divizion chempionlari Konor Makgregor va Neyt Dias qarama-qarshiligini ko'rishimiz mumkin.

"Bu qarama-qarshilikning imkoni bor, bu keyingi yili bo'lishi mumkin. Neytdan qiziqarli jang ko'rishimiz mumkin. Asosiysi - bu uning xohishi", - dedi Uayt BJ Penn nashriga. 

Eslatma uchun, Dias 2016 yil martida, Makgregor ustidan sensacion tarzda, bo'g'ish usuli orqali g'alabaga erishgan edi. Besh oydan so'ng, irlandiyalik sportchi revansh olgan, u hakamlar qaroriga ko'ra g'alaba qozongan. Har ikki jang ham ikkinchi yarim og'ir vazn toifasida bo'lgan.

Manba : BJ Penn
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  +1 

Fikrlar

+0
23/12 18:31
Mironsho_Jabborov
Garov o'ynayman agar shu trilogiya amalga oshsa ppv recordini uradi, urgandayam 3mlnlaga yaqnlashsa kerak. Khabib vs Conor 2.400.000 xuyna bop qoladi

O’xshash yangiliklar