Engil vazn toifasining amaldagi chempioni Julianna Pena Amanda Nunes ustidan qozongan g'alabasi haqida fikr bildirgan Xabib Nurmagomedovdan ranjigan ko'rinadi.
“Men matbuot anjumanida berilgan savolga Xabibning javobini ko'rdim. U mening g'alabamni erga urdi – bu mening ko'nglimni og'ritdi", - dedi Pena.
"UFC 269 turnirida Julianna Pena Amanda Nunesga nima qilganini hammamiz ko'rdik. Juliananing o'zi ajoyib jangchi emas, lekin u shu kuni Amanda Nunesni mag'lub etdi. Biz dunyoda yaxshi ayol jangchilar ko'p emasligini bilamiz. Ular bor-yo'g'i besh-olti nafar", - degan edi Nurmagomedov matbuot anjumanida.