Bosh sahifa
13 may 00:17 Boks/MMA

UFC Mahmud Muradovga jang berdi + VIDEO

Mahmud Muradov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga yangi video joyladi.

O'rta vazn toifasida o'zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Muradov (25-8) Instagram'dagi sahifasi orqali tashkilot unga yangi jang taklif etganini malum qildi.

"Bizda bugun yaxshi yangilik bor. Bizda raqib nomi, jang sanasi va manzili bor. Xudo xohlasa, yozda oktagonga chiqamiz. Qo'llab-quvvatlovingiz uchun katta raxmat", - deydi Muradov o'z videosida.

Eslatib o'tamiz, Mahmud Muradov so'nggi jangini o'tgan yilning oktyabr oyida braziliyalik Kayo Borraloga qarshi o'tkazib, mag'lubiyatga uchragan edi. SHundan keyin uning mart oyida Abusupyan Magomedovga qarshi bo'lib o'tishi lozim bo'lgan jangi jarohat olishi natijasida bekor qilingan edi.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar