Bosh sahifa
20 avg 07:02 Boks/MMA

UFC P4P reytingi yangilandi: CHimaev 10 pog'ona yuqoriladi, Rahmonov ham ko'tarildi

Vazn toifasidan qati nazar, UFC P4P reytingi yangilandi.

O'rta vazn toifasda yangi UFC chempioniga aylangan Xamzat CHimaev yangilangan reytingda 10 pog'ona yuqorilab, Top-5`ga kirib oldi. U reytingda 4-o'rinni egallab turibdi. Xamzatga o'z chempionlik kamarini boy bergan Drikus Dyu Plessi esa aksincha, 7 o'ringa pastlab, 11-pog'onaga tushib ketdi. 

Engil vaznda sobiq UFC chempioni CHarlz Oliveyra P4P reytingidan chiqarildi. Bu esa qozog'istonlik SHavkat Rahmonovning 15-o'ringa ko'tarilib olishi uchun xizmat qildi. Aleksandr Pantoja, Maks Xollouey, Belal Muhammad va Arman Carukyan bir pog'onadan pastlagan. UFC P4P reytingida hamon chempion Iliya Topuriya peshadam bo'lib turibdi. 

Manba : fighttime
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar