Dunyoning to'rtinchi raketkasi reytingning 78-pog'onasidan joy olgan argentinalik Federiko Koriyani 6/2, 6/1, 7/5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi - 1:1.
Ikkinchi soatu 12 daqiqa davom etgan bahsda Alkaraz 4 ta eys, 3 ta qo'shxato va 7 ta breykni amalga oshirdi. Alkaraz endi uchinchi bosqichda amerikalik Jenson Bruksbiga qarshi kortga chiqadi.