Bosh sahifa
01 sen 13:53 Tennis

US Open. Serena Uilyams dunyoning ikkinchi raketkasini taslim etdi

AQSHning Nyu-York shahrida tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi US Open turniri davom etmoqda.

Bugun ayollar o'rtasidagi musobaqada kutilmagan natija qayd etildi. WTA reytingida 605-pog'onadan joy olgan amerikalik Serena Uilyams ikkinchi davra uchrashuvida dunyoning ikkinchi raketkasi, estoniyalik Anett Kontaveytni mag'lub etishni uddaladi - 7/6(4), 2/6, 6/2.

Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Serena 2 soatu 29 daqiqa davom etgan bahsda 11 ta eys, 6 ta qo'shxato va 5 ta breykni qayd etdi. Kontaveytning bu uch yo'nalishdagi ko'rsatkichlari bir xil 5 tani tashkil qilgan. 

Qizig'i, 40 yoshli Uilyams Top-10 tennischilariga qarshi 250-uchrashuvini o'tkazib, 178-g'alabasini tantana qildi. Qolaversa, u 40 yoshida Top-3dagi tennischini mag'lub etgan ilk raketka ustasiga ham aylandi. Endi u US Open uchinchi bosqichida avstraliyalik Ayla Tomlyanovichga qarshi kortga chiqadi. Bu Serena uchun 21-AQSH Ochiq chempionati hisoblanadi.

Manba : gotennis
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar