Bosh sahifa
04 iyu 14:41 Boks/MMA

Usik - Dyubua jangi boshqa kunga ko'chirildi

Bokschi Aleksandr Usikning menejeri Aleksandr Krasyukning aytishiga ko'ra, Daniel Dyubuaga qarshi jang sanasi o'zgargan.

Unga ko'ra, jang 26 avgust kuni Vroclavda bo'lib o'tadi.

"Vroclav - ko'plab ukrainaliklar uchun yaxshi manzil. O'sha kuni jang bo'ladigan stadionga esa 24 ming muxlis sig'adi. Jang sanasini 12 avgustdan 26 avgustga surdik, chunki Ukrainaning mustaqillik kuni - Dyubua bilan jang o'tkazish uchun ideal vaqt. Bunday pallani qo'ldan chiqarib bo'lmasdi", - dedi Aleksandr Krasyuk.

Qayd etish kerak, Ukraianada mustaqillik bayrami menejer aytganidek, 26 avgustda emas, balki 24 avgust kuni nishonlanadi.

Manba : TVP Sport
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar