Menejer Londonda Aleksandr Usik va Tayson Fyuri o'rtasida mutlaq jahon chempionlik jangi bo'yicha muzokaralar yakunlanishini kutmoqda.
"Biz allaqachon Londonga chipta sotib olganmiz. 3 dekabr biz Fyuri-CHisora jangiga uchib ketamiz. Umid qilamanki, u erda muzokaralarni yakunlaymiz", - dedi Klimas o'z intervyusida.
Avvalroq, Fyuri Usik bilan yil oxirigacha jang o'tkazishni rejalashtirgandi, biroq ukrainalik bokschi Entoni Joshua bilan jangda olgan jarohatlarini tiklashni istayotganini aytib, rad javobini bergan edi.