Bosh sahifa
07 noy 08:47 Tennis

WTA Finals. Karolin Garsiya ilk finalchi

AQSHning Fort-Uert shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha Yakuniy WTA turniri hal qiluvchi pallaga kirdi.

Dunyoning oltinchi raketkasi Karolin Garsiya nufuzli musobaqaning ilk finalchisiga aylandi. Franciyalik tennischi 76 daqiqa davom etgan yarim finalda reytingda o'zidan bir pog'ona yuqorida turgan greciyalik Mariya Sakkarini ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/2. 

Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 3:0 ko'rinishiga keldi. Garsiya 6 ta eys, 1 ta qo'shxato, 4 ta breyk qayd etdi. 

Manba : gotennis
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar