Bosh sahifa
19 avg 18:14 Boks/MMA

Xabib Umar Nurmagomedovning navbatdagi jangi haqida xabar berdi

Umar Nurmagomedov so'nggi jangida divizion chempioni, gruziyalik Merab Dvalishviliga ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib qo'ygandi.

Umarning amakivachchasi, engil vaznda sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov jiyanining navbatdagi jangi haqida malumot berdi. 

"Umar oktyabr oyining oxirida oktagonga qaytadi", — deya qisqa o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan Xabib Nurmagomedov.

Katta ehtimol bilan Umar 25 oktyabr kuni Abu-Dabida tashkil etiladigan UFC turnirida oktagonga chiqadi. U shu yilning yanvar oyida o'tgan UFC 311 turnirida chempion Merab Dvalishviliga hakamlarning qarori bilan mag'lub bo'lgandi. 29 yoshli Nurmagomedov hisobida UFC promoushenida erishilgan 6 g'alaba hamda 1 mag'lubiyat bor. 2016 yilda MMAda debyut qilgan Umar 2021 yildan beri dunyoning eng kuchli Ligasida o'z janglarini o'tkazib kelyapti.

Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

O’xshash yangiliklar