Bosh sahifa
26 mar 11:38 Boks/MMA

Xamzat CHimaev: "Usmandan ko'ra Adesanyani yo'q qilish osonroq"

Mashhur chechen jangchisi Xamzat CHimaev amaldagi UFC chempionlari Israel Adesanya va Kamaru Usmanga qarshi jangdagi imkoniyatlarini baholadi.

"Men uchun Usmandan ko'ra Adesanyani yo'q qilish osonroq. U kurash tusha olmaydi. Oxirgi jangida Robert Uittaker kurashchi bo'lmasa ham uni yiqita oldi. Agar uni yiqitsam boshini uzib olaman. Bu jangdan pul ishlab olishim oson bo'ladi" - deya CHimaevning so'zlarini kertiradi "CHas MMA".  

SHuningdek, CHimaev 9 aprel kuni Jeksonvilda bo'ladigan UFC 273 turniridagi raqibi, Gilbert Berns ikki nafar rossiyalik kurashchini mashg'ulotga taklif qilganiga ham munosabat bildirdi.

"Nima qilishimni bilmaydi. U stressda. CHunki uning barcha fikrlari faqat shu bilan band. Uni eshitaman va tamom bo'lganini tushunaman. U aytadi "Mening ikkita yashirin rus jangchim bor". Ikki-uch oyda kurashni qanday o'rganasan? Bu mumkin emas. Tushida ham meni enga olmaydi va buni o'zi ham biladi.

Bilaman, men mashg'ulot o'tkazgan yigitlar bilan gaplashgan. U shunchaki qo'rqib ketgan. Har qanday odamni o'ldirishim mumkinligini his qilyapman. Barcha davrlarning eng buyuk jangchisiman. Men eng zo'riman" - deya ko'shimcha qildi CHimaev.

Manba : Fighttime
Xabar yoqdimi? Birinchilardan bo'lib do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!
   
  0 

Fikrlar

+0
26/03 22:32
Mironsho_Jabborov
Sal pasroq tush

O’xshash yangiliklar