Insayder Marsel Dorffning malum qilishicha, Darren Till navbatdagi jangini Janubiy Afrika Respublikasi vakili Drikus Dyu Plessiga qarshi o'tkazadi. Jang 10 dekabr kuni Las-Vegasda, UFC 282 musobaqasi doirasida bo'lib o'tadi.
Darren Till so'nggi bor 2021 yil 4 sentyabrda Derek Bransonga qarshi jang qilib, mag'lub bo'lgan edi. Dyu Plessi esa 2 iyul kuni Bred Tavaresga qarshi oktagonga chiqib, g'alaba qozongan.