Qisqartirilgan ro'yxatda Yulian Nagelsmann, Maurisio Pochettino va Roberto De Zerbi bor, deb xabar bermoqda Independent.
Eslatib o'tamiz, kecha Grem Potter bosh murabbiy lavozimidan ozod etilgandi. Jamoa shanba kuni APL doirasida "Aston Villa"ga imkoniyatni boy berdi (0:2). Vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini Bruno Saltor bajarib turadi.
Qayd etish lozim, Grem Potter ham "CHelsi"ga aynan "Brayton"dan taklif qilingandi.