07 dek 06:02
Yangiliklar
LIVE Bogdan Guskov jang qiladigan UFC 323 turnirining erta prelim janglari yakunlandi
Oqshomning asosiy jangi o'ta engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni gruziyalik Merab Dvalishvili hamda rossiyalik Petr Yan o'rtasida bo'lib o'tadi. Turnirning co-main event jangi eng engil vazn chempioni braziliyalik Aleksandre Pantoja hamda myanmalik davogar Joshua Van o'rtasida kechadi.
Biz uchun ahamiyatlisi, turnirning asosiy kardida hamyurtimiz Bogdan Guskov polshalik 42 yoshli sobiq chempion Yan Blaxovichga qarshi oktagonga ko'tariladi.
UFC 323 turniri. Asosiy kard janglari
Merab Dvalishvili (61.23 kg) – Pyotr Yan (61.23 kg) – chempionlik jangi
Aleksandre Pantoja (56.7 kg) – Joshua Van (56.47 kg) – chempionlik jangi
Brendon Moreno (56.7 kg) – Tacuro Tayra (57.15 kg)
Genri Sexudo (61.69 kg) – Peyton Talbott (61.69 kg)
Yan Blaxovich (93.44 kg) – Bogdan Guskov (93.44 kg)
Prelim kard janglari
Grant Douson – Manuel Roberto Torrec
Engil vazn toifasi jangchilari ishtirokidagi jang ham muddatidan avval yakunlandi. Prelim kardni yopib bergan jangda meksikalik Manuel Torres raqibi Grant Dousonni texnik nokautga uchratdi. Torres zarbachi, Douson esa kurashchi edi. Grant o'z usulida raqibini parterga tushirish uchun bir necha bor urinib ko'rdi, ammo Torres zarbalar evaziga o'z maqsadiga etdi. U yangilangan reytingda Top-15`talikka kirsa kerak.
Oqshomning so-main event jangi ishtirokchilari - eng engil vazn toifasi chempioni braziliyalik Aleksandre Pantoja hamda myanmalik davogar Joshua Van arenaga etib keldi.


Terrens MakKinni – Kris Dankan
Engil vazn toifasi vakillari ishtirokidagi jang muddatidan avval yakuniga etdi. Makkinni birinchi raundning birinchi daqiqasidayoq nokaut evaziga g'alaba qozonishi mumkin edi. Dankan nafaqat mo'jiza evaziga oyoqda tura oldi, balki o'zi raqibini "anakonda" usuli bilan mag'lubiyatga uchratdi. Bu paytda birinchi raundning ikkinchi daqiqasi 30-soniyasi o'tib borayotgandi.
Meysi Barber – Karin Silva
UFC 323 turniri kardidan o'rin olgan yagona ayollar jangi o'ta engil vazn toifasi reytingida beshinchi o'rinni egallab turgan Meysi Barber Top-10`talikdan joy olgan Karin Silvaga qarshi oktagonga chiqdi. To'liq uch raund davom etgan jangda Meysi hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi. Birinchi raundda ikki bor raqibasini sambishenga tushirishga uringan Silva foydasiga hal bo'lgandi.
Nazim Sadixov – Fares Ziam
Prelim kardning ilk jangi muddatidan avval yakuniga etdi. Engil vazn toifasi vakillari jangida ozarbayjonlik Nazim Sadixov UFC`dagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Dastlabki raundni Ziam ishonch bilan o'z hisobiga yozib qo'ydi. Ikkinchi raundning so'nggi soniyalarida divizion kelajagi sifatida qaralayotgan Fares Ziam Sadixovni texnik nokautga uchratdi. Nazim jang to'xtalishiga etiroz bildirdi, ammo referi qarorini o'zgartirmadi. Sadixov UFC`dagi ilk mag'lubiyatini qabul qildi.

Erta prelim kard janglari
Marvin Vettori – Bruno Ferreyra
Erta prelimning so'nggi jangi g'olibi hakamlar qaroriga ko'ra aniqlandi. Birinchi raund Ferreyra hisobiga yozildi. Vettori gong chalinishiga yaqin faollashdi, lekin kech edi. Ikkinchi raundda deyarli teng kurashlar ostida kechdi. Lekin baribir Brunoning harakatlari aniqroq ko'rindi. Uchinchi raundda Marvin vaziyatni o'z tomoniga o'zgartirish uchun harakat qildi, ammo bu umumiy g'alaba uchun kamlik qildi. Ferreyra hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi. Endi u yangilangan reytingda Vettorining Top-15`dagi o'rnini egallaydi.
Edson Barboza – Jelin Terner
Jelin Terner birinchi raunddayoq faxriy jangchi, tajribali aralash yakkakurash ustasi Edson Barbozani nokautga uchratdi.



Ivo Baranevskiy – Ibo Aslan
Yarimog'ir vazn toifasidagi bu jang ham muddatidan oldin tugadi. Ikki daqiqaga ham cho'zilmagan jangda Baranevski va Aslan haqiqiy "qonli urush" uyutirishdi. Polshalik Baranevski raqibini nokautga uchratdi. Ivo Baranevski shu yil Dana Uaytning Davogar turnirdagi g'alabasi evaziga UFC promoushenidan shartnoma olgandi. Bu uning debyut jangi bo'ldi. Turkiyalik Ibo Aslan bundan avvalgi ikkita jangida ham mag'lubiyatga uchragandi. Katta ehtimol bilan bu uning UFC`dagi so'nggi jangi bo'ldi.
Mansur Abdul-Malik – Antonio Trokoli
Ushbu jang ham muddatidan avval yakuniga etdi. Bir daqiqayu to'qqiz soniyada Abdul-Malik gilotina - bo'yinni bo'g'ish usuli bilan bo'yi novcha raqibini sambeshin qildi. Mansur Abdul-Malik mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. Antonio Trokoli SHara Bullet bilan jang o'tkazgani bilan tanilgandi.

Muhammad Naimov – Mayron Santos
UFC 323 turniri kardini ochib bergan ilk jangda nokaut qayd etildi. Mayron Santos uchinchi raundda tojikistonlik Muhammad Naimovni ikkilik zarbasi bilan texnik nokautga uchratdi. Santos birinchi va ikkinchi raundlarda ham ustunlikka erishgandi. Har ikki aralash yakkakurash ustasi bugungi jangga qadar ikkitalik g'alabali seriya bilan kelayotgandi.

Fikrlar