So’nggi yangiliklar

12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

17 mar 08:04
Yangiliklar

Tadbirlar

ADAMS tizimida ishlash bo'yicha MOQ ishchi guruhi faoliyatini boshladi

Teglar :  ADAMS
Xalqaro antidoping agentligi tomonidan yo'lga qo'yilgan ADAMS tizimi bilan ishlashda nafaqat o'zbek, balki jahon sportida muammolar yuzaga kelmoqda.

Bu borada O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tashabbusi bilan Qo'mita qoshida Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan asosiy sportchilarimizning ADAMS tizimidagi shaxsiy profilini nazorat qilish bo'yicha ishchi guruhi tuzildi va u o'z faoliyatini boshladi. 

Bu borada MOQ, Olimpiya sport turlari bo'yicha federaciya va associaciyalar mutasaddilari bilan o'tgan onlayn uchrashuvda malum qilindi. ZOOM platformasida o'tgan tadbirda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, MOQ qoshidagi RSTIAM direktori Abdushukur Sadikov, Olimpiya sport turlari bo'yicha federaciya va associaciyalar rahbariyati ishtirok etishdi.

“Tokio Olimpiadasi ham yaqin qoldi. Hozir barchamiz licenzion musobaqalarga va Olimpiya o'yinlariga hozirlik ko'rmoqdamiz. Tokio-2020 sari finish to'g'ri chizig'iga kelgan paytimiz bu borada muammolarning paydo bo'lishi yillar davomida qilayotgan katta mehnatimizni yo'qqa chiqarishi hech gap emas. SHu bois barchangizdan MOQ qoshida tuzilayotgan ishchi guruh bilan doimiy aloqada bo'lishingizni, sportchilarning ADAMS tizimida ko'rsatilgan malumotlari o'z vaqtida yangilanib borilishini nazorat qilishingizni so'raymiz”, – dedi SHerzod Tashmatov.

MOQ qoshida tuzilgan ishchi guruhga 2 nafar mutaxassis boshchilik qiladi. Ularning asosiy vazifasi ADAMS tizimiga kiritilgan sportchilarimizning qaerda ekanliklari haqida doimiy malumotga ega bo'lib turish, belgilangan hududda o'zgarish bo'lsa, darhol uni atletimizning profilida ham yangilashdan iborat bo'ladi. Uchrashuvda har bir federaciyaga ushbu ishchi guruh bilan ishlash bo'yicha masul vakil biriktirish borasida ko'rsatma berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing