So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

09 sen 13:07
Yangiliklar

Qilichbozlik, Futbol

Alisher Usmonovni tabriklaymiz!

Bugun o'zbekistonlik mashhur milliarder, sport jonkuyari, madaniyat va sanatga ham befarq bo'lmagan ajoyib inson Alisher Burxanovich Usmonov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Alisher Usmonov - 1953 yilning 9 sentyabr kuni Namangan viloyatining CHust shahrida dunyoga kelgan. Bolaligidan sportga befarq bo'lmagan yosh Alisher qilichbozlik bilan shug'ullana boshlagan va faoliyati davomida aytishga arzigulik yutuqlarga erishgan.   

Uning hayoti va faoliyati haqida Vikipediya sahifasi va boshqa manbalarda juda ham ko'p va xo'p malumotga ega bo'lgansiz. Biz shunchaki Usmonovning chinakam sport fidoiysi va homiysi ekanligini yana bir bor eslatib o'tmoqchimiz. Nafaqat uning o'zi, balki turmush o'rtog'i Irina Viner Usmonova ham umrini sportga bag'ishlaganlardan. 

Samarqand viloyatida tavallud topgan Irina badiiy gimnastika bo'yicha bir necha bor O'zbekiston chempioni bo'lgan. Viner xonim 1972-1992 yillar oralig'ida Toshkent shahri hamda O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. 1992 yili Moskvaga ko'chib o'tgan Irina Viner o'sha yilning o'zida Alisher Usmonov bilan turmush qurgan. Viner 2008 yildan to shu kungacha Rossiya badiiy gimnastika federaciyasi prezidenti lavozimida ishlayapti. SHuningdek, terma jamoa murabbiyi sifatida ham faoliyat yuritmoqda. O'z o'rnida O'zbekiston badiiy gimnastikasiga ham faol yordam berib kelyapti. 

Alisher Usmonov 2008 yilning 6 dekabridan to shu kungacha Xalqaro qilichbozlik federaciyasining prezidenti hisoblanadi. 2015 yili poytaxtimizda yoshlar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionati mezbonligi ham o'z-o'zidan yurtimizga berilgani yo'q. O'shanda bunday musobaqani o'zida qabul qilish istagida bo'lgan davlatlar etarlicha edi. 

Eng muhimi, o'sha jahon chempionati uchun poytaxtimizga beg'araz yordam tariqasida taqdim etilgan va juda ham qimmat turadigan inventarlar bugungi kunda Andijon ixtisoslashtirilgan qilichbozlik markazida yosh sportchilarimizga xizmat qilyapti. Har bir yo'lakning bahosi 10 000 evrodan kam turmaydi. O'zi aslida qilichbozlik qimmat sport turlaridan biri hisoblanadi. Qilich va maxsus liboslarning “tozasi” jahon bozorida juda qimmat. 

Yana bir fakt. O'zbekiston terma jamoasi muhim musobaqalar oldidan Rossiya terma jamoasiga qarashli Moskva viloyatida joylashgan zamonaviy qilichbozlik bazasida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi. Buning uchun esa hech qanday pul to'lanmaydi. 

Malumot uchun, Alisher Usmonov mustaqilligimizning 27 yillik bayrami arafasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko'ra “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan edi. 

Fursatdan foydalanib, Alisher Usmonovni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz. O'zbek sporti rivojiga qo'shayotgan hissasi yo'lida Alisher Burxanovichga kuch-quvvat tilaymiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing