So’nggi yangiliklar

10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0

30 dek 13:52
Yangiliklar

Voleybol

Bangladeshda CAVAning yillik umumiy yig'ilishi samarali yakunlandi + FOTO

Teglar :  Voleybol
Bangladeshning Dakka shahrida Markaziy Osiyo voleybol associaciyasi (CAVA)ning yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Bangladeshning Dakka shahrida Markaziy Osiyo voleybol associaciyasi (CAVA)ning har yili bo'ladigan umumiy yig'ilishi doirasida associaciyaning kelgusi rejalari, yuqori natijalarga qaratilgan yangi g'oyalar, mavjud muammolarning aniq echimlari borasida o'zaro fikr almashildi.

«SHeraton Dakka» mehmonxonasida bo'lib o'tgan tadbirda CAVAga azo barcha 14ta mamlakatdan vakillar, jumladan 8ta milliy federaciya va 6ta federaciyaning ishonchli vakillari ishtirok etdi.

CAVA prezidenti, maldivlik janob Muhammad Latif tadbir ochilishida nutq so'zlab, barcha CAVA azolarini qutlagan holda uchrashuvga muvaffaqiyat tiladi. U muhim uchrashuvni tashkil etgani uchun Bangladesh voleybol federaciyasi prezidenti janob Atikul Islomga minnatdorlik bildirdi.

SHuningdek, Atikulni CAVA tarixidagi eng katta musobaqa – AVC Markaziy Zona «CHallenge CUP-2021» musobaqasiga mezbonlik qilgani bilan tabrikladi.

O'z taqdimotida u FIBV, yani Xalqaro voleybol federaciyasi prezidenti doktor Ari Gras hamda AVC prezidenti janob Rita Subovoga CAVA faoliyatini kuchaytirishda doimo qo'llab-quvvatlashi va etakchilik qilganligi munosabati bilan minnatdorlik bildirdi.

Dastlabki yig'ilishda 8-Milliy voleybol federaciyasining 1-delegati ishtirokchilar oldida so'zga chiqib, federaciyalar o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bo'yicha o'zining samimiy fikrlari va intilishlarini bayon etdi. SHuningdek, yig'ilishda federaciya azolariga tashakkurnomalar topshirildi. Musobaqada ishtirok etgan barcha 11ta terma jamoaga ehtirom sifatida kuboklar taqdim etildi.

Yig'ilishda O'zbekiston voleybol federaciyasi 2021 yilda 4ta turnir o'tkazish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Federaciya Bosh kotibi Xusan Nasrullaev esa CAVA prezidentidan sovg'a qabul qilib oldi.

CAVA prezidenti Muhammad Latif ikkinchi yig'ilishdagi nutqida esa u 14ta milliy federaciyadan 13tasida milliy terma jamoalar mavjudligini elon qildi hamda uning vazifasi 2022 yil oxirigacha CAVAda 14ta milliy terma jamoaga ega bo'lishini qo'shimcha qildi.

Ikkinchi sessiyada janob Atikul Islom Bangladesh har doim milliy federaciyalarga yordam va ko'mak berishga tayyor ekanligini, uchrashuv hamda musobaqaga mezbonlik qilish imkoniyatidan juda minnatdor ekanini aytdi.

SHuningdek, yig'ilishda CAVA prezidenti tashkilotni mintaqadagi birinchi raqamli associaciyaga aylantirish maqsadida 2022 yilga mo'ljallangan CAVAni rivojlantirish bo'yicha 4ta maxsus taklifni ilgari surdi. Takliflar quyidagilardan iborat:

1. 2022 yil uchun daromadlar va budjet,

2. 2022 yilgacha rivojlanish dasturi,

3. 2022 yil uchun tadbirlar taqvimi,

4. Uchrashuvni translyaciya qilishni taklif qilish.



Daromad va budjet taklifida CAVA prezidenti 2022 yilgacha taxminan 130 ming dollar yig'ishni bashorat qilgan va jamg'arma federaciyalarni rivojlantirishga yo'naltirilishini qayd etgan.

2022 yil uchun tadbirlar taqvimi tasdiqlandi va quyida ko'rsatilganidek, 11ta voleybol va 4ta plyaj voleyboli musobaqalarini o'tkazishga kelishib olindi:

1. Markaziy Osiyo voleybol ligasi CAVA (erkaklar);

2. Markaziy Osiyo voleybol ligasi CAVA (ayollar);

3. CAVA Janubiy Osiyo voleybol ligasi (erkaklar);

4. CAVA Janubiy Osiyo voleybol ligasi (ayollar);

5. Voleybol bo'yicha CAVA Millatlar ligasi (erkaklar);

6. Voleybol bo'yicha CAVA Millatlar ligasi (ayollar);

7. CAVA voleybol Challenge Cup (erkaklar);

8. CAVA voleybol Challenge Cup (ayollar);

9. CAVA voleybol CHempionati U-17 (qizlar).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing