So’nggi yangiliklar

17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0

08 dek 19:26
Yangiliklar

Voleybol

“Besh tashabbus olimpiadasi”: CHirchiqda voleybol bo'yicha Respublika final bosqichi yakunlandi FOTOGALEREYA

Xabaringiz bor, 5 dekabr kuni CHirchiq shahrida joylashgan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining manejida voleybol bo'yicha "S" ligasining Respublika final bosqichiga start berilgan edi.

Bugun mazkur bellashuvlar yakunlandi. "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi voleybol bo'yicha o'g'il bolalar o'rtasidagi ushbu respublika finalida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 280 nafar sportchilar g'oliblik uchun kuch sinashishdi.

Uch kun davom etgan murosasiz va shiddatli bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra, 16-22 yoshli o'g'il bolalar o'rtasida faxrli birinchi o'rinni Samarqand viloyati Qo'shrobod tumanining "CHinoq" MFY jamoasi birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Ikkinchi o'rinni Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi "Qadoq" MFY jamoasi egallagan bo'lsa, uchinchi o'rin Toshkent viloyati Qo'yichirchiq tumani "Xo'japiskon" MFY voleybol jamoasiga nasib etdi.

22-26 yoshli yigitlar o'rtasidagi musobaqalarda Farg'ona viloyatining Qo'shtepa tumanidagi "Langar" jamoasi barcha raqiblarini engib, chempionlikni tantana qilishdi. Ikkinchi o'rinni esa Surxondaryo viloyati SHo'rchi tumanining "SHakarko'l" MFY jamoasi egalladi. Uchinchi o'rin uchun bahslarda Nurota tumani "Qadoq" MFY jamoasining qo'li baland keldi.

Etiborlisi, Nurota tumanining ushbu "Qadoq" MFYdan Respublika bosqichiga etib kelgan ikkita jamoa ham sovrindor bo'lishga erishdi. Musobaqa yakuniga etgach, g'olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Kuchli uchlikka erishgan jamoalar uchun ajratilgan kubok, diplom, medal va qimmatbaho sovg'alarni O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri maslahatchisi Avaz Karimov, Sportni rivojlantirish vazirligi boshqarma boshlig'i Faxriddin Abdukarimov, O'zbekiston voleybol federaciyasi bosh kotibi Husan Nasrullaev hamda Toshkent viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig'i Rustam Boboqulovlar topshirishdi.

SHuningdek,taqdirlash marosimi doirasida Toshkent viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig'i Rustam Boboqulov hamda viloyatning bir guruh jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari hamda sportchilari 8 dekabr - Konstitituciyamizning 30 yilligi munosabati bilan "O'zbekiston Konstituciyasining 30 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlanishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing