So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

01 iyu 05:29
Yangiliklar

Tadbirlar

"Besh tashabbus olimpiadasi" g'oliblari taqdirlandi FOTOREPORTAJ

Teglar :  Beshta tashabbus
O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasida "Besh tashabbus olimpiadasi"ning sport yo'nalishida "A" liga g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 201-sonli Qarori ijrosini taminlash maqsadida tashkil etilgan “Besh tashabbus Olimpiadasi” shiori ostidagi musobaqalarning birinchi fasli ham o'z poyoniga etdi.

Bellashuvlar o'z nomiga yarasha besh bosqichda tashkil etildi. Mahalladagi musobaqalar orqali start olgan ommaviy sport tadbirlarida respublikamizning 3 100 000 nafardan ziyod 16 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan o'g'il-qizlar o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi. 

Musobaqalarning Respublika bosqichlarida esa (A, B, C ligalar bo'yicha) 5,5 ming nafarga yaqin ishtirokchi g'oliblik uchun bahs olib borishdi.

15 iyundan boshlab musobaqaning Respublika bosqichiga start berildi. Hal qiluvchi bellashuvlar mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida yuqori saviyada tashkil etildi.

Respublika bosqichida g'olib bo'lgan 114 nafar ishtirokchi Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo'mitasi tomonidan munosib ravishda taqdirlandi. Marosimida Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov va uning o'rinbosari Abdulla Aslonov, Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etishdi. 

G'oliblarga asosiy terma jamoalarimiz foydalanadigan sport ekiprovkalari taqdim etildi. Bundan ko'zlangan maqsad sog'lom turmush tarzi targ'ibotchilariga o'zbek sportining bir bo'lagi ekanliklarini his qilishdek imkonni taqdim etish bo'ldi.

Yana bir etiborga molik jihati, g'olib va sovrindorlarning mahallalariga sport maydonchalari ham qurib berilishi mutasaddilar tomonidan vada qilindi. Bundan ruhlangan ishtirokchilar yaratib berilayotgan imkoniyatlar va etibordan mamnun ekanliklaini aytib o'tishdi.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing