So’nggi yangiliklar

17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0

16 iyu 13:58
Yangiliklar

Boshqalar

“Besh tashabbus paralimpiadasi” ommaviy sport musobaqasi finish nuqtasida

Teglar :  Besh tashabbus
Ayni damda “Besh tashabbus paralimpiadasi” ommaviy sport musobaqasining Respublika final bosqich bellashuvlari bo'lib o'tmoqda.

2022 yildan boshlab ilk marotaba mahallalardagi nogironligi bo'lgan yoshlar o'rtasida “Besh tashabbus paralimpiadasi” ommaviy sport musobaqalarini o'tkazish joriy etildi. 

O'tgan yili ikki bosqichda tashkil etilgan mazkur sport musobaqalarida 6 mingga yaqin yoshlar qamrab olindi. Joriy yilning 1-mavsumida start olgan “Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalari uch bosqichda, yani tuman (shahar) bosqichi, Qoraqalpog'iston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahar hududiy saralash bosqichi hamda uchinchi respublika final bosqichi shaklida tashkil etilmoqda.

Mazkur musobaqalarda ishtirok istagini bildirgan 34 mingdan ortiq mahallalardagi nogironligi bo'lgan yoshlar ro'yxatga olindi.

Musobaqalar 5 ta para sport turlaridan, para engil atletikaning yadro uloqtirish (nanizm past bo'yliklar), qisqa 60-100 metr masofafaga (orqa miya falaji va umurtqa pog'onasi shikastlanganlar “DCP”) va uzoq 200-300 metr masofaga (qo'l amputaciyasi bo'lganlar) yugurish, para stol tennisi, para shaxmat, para shashka, para kibersport turlaridan bo'lib o'tdi.

Respublika final bosqichida jami 196 nafar sportchi-yoshlar, jumladan, para engil atletikadan 6 nafar (3 erkak, 3 ayol), para stol tennisidan 2 nafar (bir erkak va bir ayol), para shaxmatdan 2 nafar (bir erkak va bir ayol), par shashkadan 2 nafar (bir erkak va bir ayol) va para kiber sportdan 2 nafar (bir erkak va bir ayol) bir huddud jamoasidan esa 14 nafar (7 nafari xotin-qizlar) ishtirok etishi belgilangan.

Ishtirokchilar Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi arenalarida para engil atletika, para shaxmat, para shashka hamda para stol tennisi bo'yicha, Cyberium.uz kiber arenasida esa para kibersport bo'yicha o'zaro bahs olib borishmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing