So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

23 sen 16:48
Yangiliklar

Bolalar sporti

Bolalar sporti. Mashg'ulotlarda toblanib, chempionlik sari intilayotgan nishonlik bolalar

Teglar :  Nishon
BO'SMlarda sport turlariga oshno bo'lib, murabbiylar ko'rsatmasiga so'zsiz amal qilib, maqsad-manzillari sari dadil qadam tashlayotgan o'g'il-qizlarimizga havas qilsang arziydi.

Qashqadaryo viloyati Turizm va sport boshqarmasi tasarrufidagi Nishon tuman bolalar – o'smirlar sport maktabida tarbiyalanayotgan sportchi-o'quvchilar ham marrani baland olib, mashg'ulotlarga zo'r berishgan.

Nishon tumanidagi mazkur bolalar-o'smirlar sport maktabida ayni paytda 1100 nafarga yaqin o'quvchilar 27 nafar malakali murabbiylar qo'l ostida sportning boks,sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, stol tennisi,qo'l to'pi,engil atletika, taekvondo (VT), dzyudo,voleybol, futbol,badminton, kurash, O'zbek jang sanati hamda ashixara -karate  turlari bo'yicha muntazam o'quv-mashg'ulotlarida ishtirok etib, mahoratlarini oshirib borishmoqda.  

Mashg'ulotlarda toblanayotgan yosh sportchilarining  musobaqlarda qo'lga kiritayotgan natijalari ham maqtovga loyiq, deyish mumkin. BO'SMda birgina joriy yilda 60 nafardan ortiq viloyat chempionlari, 40 nafarga yaqin respublika chempionlari tayyorlangan. 2021 yil 1-2 may kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tgan ashixara – karate bo'yicha Osiyo chempionatida Nafisa Norbekova oltin, Marjona Baratova oltin va kumush medal, Zilola Gaparova, Sevinch To'raqo'lova, Bexruz To'raqo'lov hamda Barzoniy Xusainovlar kumush medallarni qo'lga kiritishgan.



Albatta, yosh sportchilarning yuqori natijalarga erishishida  BO'SM direktori Obidjon Sayfiev boshchiligida Xudoyor Iskandarov,(O'zbek jang sanati), Sanjar Qo'yliev (ashixara- karate), Fozil Qodirov (ashixara - karate), Azam Xolyorov (engil atletika), Eldor Quvatov (boks), Rustam Yangiev (taekvondo (VT), Guliruxsora Saydalimova (taekvondo VT) kabi tajribali ustoz-murabbiylar mehnatining samarasi, deyish mumkin.

BO'SM direktori Obidjon Sayfievning takidlashicha,  BO'SMda mavjud sport turlari bo'yicha mashg'ulotlar tumanning turli hududlaridagi talim muassasalarining sport zallarida hamda 2018 yilda bunyod etilgan sport majmuasida olib boriladi. Sport majmuada bir paytning o'zida badiiy gimnastika, boks, kurash, taekvondo (VT), karate kabi bir qator sport turlari bo'yicha mashg'ulotlar o'tkazish imkoniyati yaratilgan. Joriy yildan boshlab sportchi – o'quvchilarning ota-onalariga farzandlarini mashg'ulot paytida kutib turishlari uchun ham alohida  qulayliklar yaratilgan.


SHuningdek, BO'SMdagi tartib-intizom, obodonlashtirish ishlari ham yaxshi yo'lga qo'yilganiga guvoh bo'lishingiz mumkin. BO'SMda yaxshi niyatlar bilan ekilgan nihollar, dov-daraxtlar sekin-asta ko'kka bo'y cho'zib, atrof yashillikka burkanmoqda, mashg'ulotlar sari chopqillayotgan o'g'il-qizlarning mitti ko'nglida esa yagona istak -  Olimp cho'qqisini zabt etish!

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing