So’nggi yangiliklar

14:17Грунт қироли Рафаэль Надалнинг Рим "Мастерс"даги илк рақиби маълум 0 13:55Сэндхаген Умар Нурмагомедовнинг кучсиз томони ҳақида гапирди 0 13:32Жозе Моуриньо собиқ жамоасига қайтмоқчи 0 13:10Богдан Гусков Шон Стрикленд билан спарринг ҳақида гапирди 0 12:48Шакур Стивенсоннинг навбатдаги жанги эълон қилинди 0 12:25Бугун Абдураимова Прага турниридаги юришини бошлайди 0 12:04Луис Энрике ПСЖнинг EЧЛдан чиқиб кетишига муносабат билдирди 0 11:41Дастин Порье Ислам Махачевнинг гапларига жавоб қайтарди 0 11:20Рим WTA 1000. Кербер, Путинцева ва бошқаларда ғалаба 0 10:58Ўзбекистонлик яна бир боксчи жаҳон чемпионлик камари учун жанг қилади 0 10:37Месси ХХI асрда ушбу натижага эришган биринчи футболчига айланди 0 10:16Наоя Иноуэ навбатдаги жангини "Уэмбли"да ўтказиши мумкин 0 09:54Мирра Андреева Рим WTA 1000 турнири илк даврасидаёқ ютқазиб қўйди 0 09:33Муроджон Аҳмадалиев АҚШда навбатдаги жанги учун тайёргарликни бошлади + ФОТО 0 09:12Аббосбек Файзуллаев РПЛ рамзий терма жамоасидан ўрин олди 0

07 jan 20:04
Yangiliklar

Bolalar sporti

Bolalar sporti. Yutuqlar ildizi qaerda? Ko'zguda tog'li Bo'stonliq tumani

Xalqimiz bolajon. Xalqimiz sportsevar. Buni sport maktablariga qatnayotgan o'g'il-qizlarning ko'pligidan ham bilsa bo'ladi.

Bundan tashqari, kunduzi dalada ish qilib, qosh qorayganda suniy qoplamali maydonga borib to'p tepadigan va shu orqali barcha charchoqlarini unutadigan zamondoshlarimiz ko'pchilik.  

So'nggi yillarda sportda xalqaro maydonlardagi natijalarimiz tobora yaxshilanib borayotgani aynan shu ommaviylikning oshgani bilan chambarchas bog'liq. CHunki professional sportga yo'l aynan ommaviylikdan boshlanadi.

Hech kim onadan chempion bo'lib tug'ilmaydi. Biz bilgan dongdor chempionlar ham dastlabki qadamini mahalladan, o'z hududidagi sport maktabidan boshlashgan. Masalan, og'ir atletika bo'yicha Olimpiya va jahon chempioni Akbar Jo'raev dastlabki saboqlarni qaerda olgan deb o'ylaysiz? Albatta, sport maktabida. O'z mahallasida.

Demak, biz bugun o'zbek sportiga Akbar Jo'raev kabi mahoratli sportchilarni tarbiyalab bergan Bo'stonliq tuman sport maktabi haqida so'z yuritamiz. 

Toshkent viloyati Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi tasarrufida bo'lgan va Oybek Toshpo'latov rahbarlik qilayotgan ushbu sport maktabida yoshlar og'ir atletika, boks, dzyudo, kurash, taekvondo WTF, futbol, voleybol, basketbol, badiiy gimnastika, stol tennisi, velosport, karate, fudokan karate, biatlon, pauerlifting, tog' chang'isi, snoubord singari sport turlari sir-asrorlarini o'rganishmoqda.

Ortda qolgan 2023 yil davomida maktab tarbiyalanuvchilari turli musobaqalarda jami 386 ta medalni qo'lga kiritishdi. Jumladan, ular Toshkent viloyati chempionati va kubogi bahslarida 200 ta, mamlakat miqyosida 88 ta, qita musobaqalarida o'nta medallar shodasiga musharraf bo'lishdi. Jahon chempionatida 32 ta, shuningdek, turli xalqaro turnirlarda 56 ta medal bo'stonliqliklar ko'ksini bezadi.

Olimpiada va jahon chempioni, Osiyo chempionati g'olibi, Xitoyning Xanchjou shahrida o'tgan qita o'yinlarining kumush medali sovrindori Akbar Jo'raev shu zamin farzandi ekanini yuqorida aytib o'tdik. SHuningdek, xalqaro toifadagi sport ustasi, boks bo'yicha qator xalqaro turnirlar g'olibi, Butunjahon harbiy o'yinlari chempioni Madiyor Saidrahimov, o'n karra mamlakat, besh karra Osiyo chempioni, “Mard o'g'lon” ko'krak nishoni sohibi, Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi, engilmas charm qo'lqop ustasi Elnur Abduraimov allaqachon Vatan iftixoriga aylanib ulgurishgan.

Takidlash joizki, Bo'stonliq zamini o'zining jannatmonand, sportchilarning shug'ullanishiga juda qulay bo'lgan so'lim tabiati bilan ham maqtana oladi.  Balki shundandir, O'zbekiston erkaklar va ayollar dzyudo terma jamoasidan ham ko'plab Bo'stonliq polvonlari o'rin olishgan. 

Besh karra mamlakat chempioni, qita chempionatining bir necha bor sovrindori, jahon kubogi bronza medali sohibi, “Osiyo bolalari” xalqaro turniri g'olibi Zarina Jamalova, dzyudo bo'yicha 2023 yil Almatida o'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasida Osiyo chempionligiga sazovor bo'lgan Aselxon Aralboeva, qita chempionlari SHinar Ibraeva, Dilfuza Ibraimova singari polvon qizlar va ularning ustozlariga tasannolar aytsak kam.

Dzyudo bo'yicha Osiyo chempionati sovrindori Arapboy Daurboevdan ham muxlisu mutaxassislarning umidi katta.

Prezidentimiz 2022 yilning 11-aprelida “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarorga imzo chekib, sportsevarlarga juda katta imtiyozlar yaratdi. Unga ko'ra, 2023 yilning aprel, may, iyun oylarida “Besh tashabbus” Olimpiadasi doirasida yoshlar o'rtasida futbol, mini futbol, engil atletika, shaxmat, shashka, kurash, stol tennisi, stritbol, gimnastrada hamda vorkout turlaridan beshta yosh toifasi bo'yicha mahalla, sektor, tuman, viloyat hamda respublika miqyosida g'oliblar aniqlandi.

Quvonchlisi, Nurafshon shahri mezbonlik qilgan “Besh tashabbus”ning viloyat bosqichida Bo'stonliq yoshlari kurash, shaxmat, shashka, vorkout bo'yicha faxrli o'rinlardan joy olishdi. Bo'stonliqlik sportsevarlar Samarqand shahrida o'tgan musobaqaning respublika bosqichida ham faol qatnashdi. 16-21 yoshlilar guruhida kurashchi qizlar jamoasi bronza medaliga sazovor bo'lishdi. Bu yutuq ham ommaviy g'alabalardan professional g'alabalar sari qo'yilgan muhim qadamlarga yaqqol misoldir.

Bo'stonliq sport maktabiga tegishli obektlarga nazar tashlasak, “Dahana” mahallasida joylashgan sport zali ancha eskirgani bois, (1920 yilda qurilgan) buzib, qaytadan qurilmoqda. Markaziy o'yingoh va boshqa majmualarning ham bunyod etilganiga yarim asrdan oshgan. 

O'ylaymizki, davlat rahbarining sportga berayotgan g'amxo'rligiga javoban tumandagi sport inshootlarini zamon talablariga moslab tamirlash masalasi bosqichma-bosqich hal etiladi. Bu esa sportning yanada ommalashuviga, yangi-yangi chempionlarning etishib chiqishiga munosib hissa qo'shadi.

Darvoqe, yaqinda Toshkent viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi tomonidan yil yakunlariga bag'ishlangan tadbirda Bustonliq tuman sport maktabi "Yilning eng yaxshi sport maktabi" nominaciyasida ham etirof etildi. 

Sport maktabi direktori Oybek Toshpo'latov hamda o'z mutaxassisligi ishi bilan ko'pchilikka o'rnak bo'layotgan kadrlar bo'yicha inspektori Aygul Ermakbaevalarning takidlashicha, joriy yilda yutuqlar salmog'i bundan-da yuqori bo'ladi, boisi tez orada hashamatli sport majmuasi ishga tushishi murabbiylarning shogirdlari bilan ishlash ishtiyoqi ortadi, sportchi-bolalarning esa mashg'ulotlarga zo'r berishi tabiiy. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing