So’nggi yangiliklar

14:48Шахматчиларимиз Aktobe Open 2024 турнирининг 8-турида қандай натижа қайд этишди? 0 14:24Хабиб Нурмагомедов Тони Крооснинг сўнгги ўйини ҳақида фикр билдирди 0 14:01Дана Уайт кимни UFC P4P рейтинги етакчиси деб ҳисоблашини айтди 0 13:39Аббосбек Файзуллаев унга ЦСКАда энг кўп ёрдам берган футболчи ким эканлигини айтди 0 13:17Ислам Махачев UFCда кетма-кет ғалаба қозониш бўйича Хабиб Нурмагомедовдан ўтиб кетди 0 12:5517 ёшли Мирра Андреева фаолиятида илк бор "Ролан Гаррос" 1/8 финалига чиқди 0 12:32Бивол ва Бетербиев ўртасидаги жанг қачон ўтказилиши маълум қилинди 0 12:10«Реал»нинг тўрт нафар футболчиси EЧЛ рекордини такрорлади 0 11:49Навбаҳор Ҳамидова Париж Олимпиадасига йўл олди 0 11:39"Ролан Гаррос" чемпиони Новак Жокович 4,5 соатлик учрашув ўтказди 0 11:18UFC 302. Бонуслар кимларга насиб этди? 0 10:56Карло Анчелотти навбатдаги чемпионликдан сўнг нималар деди? 0 10:35Махачев - Порье. Нокаутгача ҳисоб қандай кетаётганди? 0 10:14Ислам Махачевнинг ғалабаси, Стриклендда устунлик ва UFC 302 турнирининг барча натижалари 0 10:09UFC 302. Ислам Махачев Дастин Порьени муддатидан олдин мағлубиятга учратди 0

17 avg 16:09
Yangiliklar

Boks/MMA, Tokio-2020

Bugun final. SHahram G'iyosov ushbu bosqichga qay tarzda etib keldi?

Bugun -69 kg vaznli bokschimiz SHahram G'iyosov Olimpiada finalida qozog'istonlik raqibiga qarshi jang qiladi.


SHu munosabat bilan, SHahramning avvalgi bosqichdagi raqiblari haqida malumotlar berib o'tishga qaror qildik.

Eslatib o'tamiz, G'iyosov Olimpiada licenziyasini shu yili Xitoyda bo'lib o'tgan Olimpiada saralash turniri finalida g'olib bo'lib, qo'lga kiritgan.

U Riodagi ilk jangini ispaniyalik Yuba Sissokoga qarshi o'tkazdi. 1/16 final doirasida bo'lib o'tgan ushbu jangda yurtdoshimiz raqibiga imkoniyat qoldirmadi va 3:0 hisobida g'alaba qozondi.



1/8 finalda esa bokschimizga litvalik Eymantas Staniosis raqiblik qildi. O'zining aniq zarbalari evaziga ushbu raqibini ortda qoldirgan SHahram...

CHorak finalda Olimpiada chempioni hisoblangan kubalik Roniel Iglesiasga to'qnash keldi. Barcha Olimpiada sovrindoriga qarshi bo'lib o'tgan jangda kubalik sportchining imkoniyatlarini juda yuqori baholagandi. Ammo, buxorolik bokschimiz barcha taxminlarni chippakka chiqardi va ushbu jangda ham g'alabali yurishini davom ettirib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.



Yarim finaldagi raqib ham anoyilardan emasdi. G'iyosov oldida amaldagi jahon chempioni - marokashlik Muhammad Rabii turardi. Hamyurtimiz juda qiyin bo'lgan raqibini ham 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, final chiptasini naqd qilib qo'ydi.

Endi uni finalda qozog'istonlik Daniyam Eleussinov kutib turibdi. Ushbu sportchi haqida biroz avvalroq malumot berib o'tdik. Ko'rinib turibdiki, Daniyar ham juda jiddiy raqib. Ammo, SHahramga endi farqi yo'q. Olimpiada va jahon chempionlarini mag'lub etgan bokschimiz bugun ham muvaffaqiyat qozonishiga ishonamiz!

G'iyosovga huddi jamoadoshi Hasanboy Do'stmatov kabi Olimpiada oltin medalini qo'lga kiritib, yurtimizga yorug' yuz bilan qaytishini tilab qolamiz! Olg'a, SHahram! Olg'a, O'zbekiston!



Bugun ham SHahramning Ronalducha sakrashini bir ko'ramiz. Nima dedingiz? Qarshiliklar yo'qmi?


Aziz To'xtamurodov

Reyting: +4   

Fikrlar

   
17 avg 19:42:37
fredrik
олға Шахрам олға Бухоро олға Ўзбекистон биз сен биланмиз
   
17 avg 19:37:39
husen
Olg'a, Buxoro, Olg'a Uzbekiston! Yana bitta oltin kutyapmiz, Shahram!
   
17 avg 19:12:14
Фэрганец
SHAHRAM Chempion raqiblarini katta ishtiyoq va mehnat evaziga yutdi Uning kozlarida O't chaqnab turibdi har bir jangda Vatanparvarlik hissi JUDAYAM KUCHLI HUDDI RUSLAN NURIDDINOV SINGARI!! RAQIBLARIDA bunday katta SHIJOAT ni kormadim QOYIL SHAHRAM RONALDU !! FINALDA ham sen mana shu shijoat ishtiyoq va mehnatin bilan OLTIN medal taqdim etasan yurtimizga SANGA finalda OMAD tilab qolamiz OSHNA!!
   
17 avg 18:23:50
sinchiklab kuzatuvchi
?
   
17 avg 18:23:24
sinchiklab kuzatuvchi
Chunki endi boshlandi xammasi
   
17 avg 18:22:46
sinchiklab kuzatuvchi
Xozircha yaxshi
   
17 avg 16:53:31
janob eltin
Olga olga giyosov
   
17 avg 16:44:16
erkin
Также стоит отметить тот факт, что проигравший Гиясову Раби в финале чемпионата мира 2015 года победил Елеусинова со счётом 2:1.https://informburo.kz/novosti/daniyar-eleusinov-vyshel-v-final-olimpiady.html
   
17 avg 16:40:45
janob eltin
Senham biror harakat qip ranaldo gol ursa shuni qaytarsin namangandan muhlising
   
17 avg 16:35:55
Samir
Butun ÖZBEKISTON ushbu jangni katta hayajon bilan kutmoqda olg'a Shaxram OLLOXIM madadkor bölsin
   
17 avg 16:26:35
Feyajolk
QANCHA QARSHILIK KERAK SIZLARGA 276 357 BO'LADIMI ??? QOGANI HALI ONASINI QORNIDA))))
   
17 avg 16:25:04
Feyajolk
SHAXRAM oldingda 2 yo'l bor. 1) final jangida ishtirok etib kumush medalini olasan va qachonlardir kelajakda men finalgacha mana su bokschilarni yutganman deb o'zingni o'zing aldab yurasan
2) yo bo'lmasa mana shu qozoqni finalda yer tishlatib O'ZBEKISTONGA 1.OLIMPIADA CHEMPIONI XUDDIKI 2. AIBA REYTINGGIDA 1-O'RIN 3. YEVROPA CHEMPIONI 4. JAHON CHEMPIONI
BO'LIB, DUNYODA ODAMMAN DEGANIGA O'ZBEKISTON DEGAN DAVLAT BORLIGINI ESDAN CHIQMAYDIGAN QILIB ESLATIB QO'YASAN
   
17 avg 16:22:29
SarvarPARKENTLIK 2706
Qarshiliklar bor ! Qarshilar yöq ! Chunki Qarshilik döstlarim ham Shaxramga muhlislik qiliwvotida ... :-)
   
17 avg 16:16:07
Madiyorbek
qarshiliklar yo'q, sakrashni intizorlik bilan kutamiz
   
17 avg 16:15:18
Feyajolk
eeeeeeeeeeee bosaaaaayyyyyyyyyyy o'bekistonlik Ronaldu
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing