So’nggi yangiliklar

11:56Рим "Мастерс". Монфис, Шаповалов, Шварцманда мағлубият ҳамда ёмғирли куннинг бошқа натижалари 0 11:35WBC кечаги вазият учун Жермелл Чарлони чемпионлик камаридан маҳрум қилди 0 11:14Элина Аванесян Рим WTA 1000 турнирида матчболдан чиқиб кетди 0 10:53Райан Гарсиянинг допинг билан боғлиқ вазиятида муҳим янгилик! 0 10:32Томас Тухель: "Бу футбол қоидаларининг очиқчасига бузилиши" 0 10:11Расман. UFC 302 турниридан ўрин олган навбатдаги жанг тасдиқланди + ПОСТЕР 0 09:50Superbet Poland Rapid & Blitz. Нодирбек Абдусатторов пешқадамлар сафида + ФОТО 0 09:29Расман. UFC гангстерларининг боксдаги жанги санаси ўзгарди 0 09:08Матиас Де Лигт: "Шармандалик! Қанот ҳаками менга "кечир, хато қилдим", деди" 0 08:47АҚШда Исроил Мадримовнинг Теренс Кроуфордни мағлуб этишига шубҳа қилишмоқда 0 08:26Нигина Абдураимовада кутилган натижа 0 08:05Жермелл Чарло маст ҳолда автомобил бошқаргани учун ҳибсга олинди 0 07:44ЕЧЛ финалида "Реал" ва "Боруссия Д" тўқнаш келади! 0 07:23Ўзбекнефтегаз раиси енгил атлетика федерациясига раис этиб тайинланди 0 07:02Расман. Муҳаммад Мокаевнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди + ПОСТЕР 0

15 iyu 19:13
Yangiliklar

Voleybol

CHirchiqda voleybol bo'yicha IIV Kubogining shahar bosqichi bo'lib o'tdi FOTOGALEREYA

Teglar :  VoleybolIIB
Joylarda sportning voleybol turi bo'yicha Ichki ishlar vaziri kubogining hududiy bosqich bellashuvlari o'tkazilmoqda.

Xususan, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida ham voleybol bo'yicha Ichki ishlar vaziri kubogining CHirchiq shahar bosqichi musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda CHirchiqdagi mavjud 44 ta mahallalardan 17 yoshgacha bo'lgan 120 nafar o'g'il bolalar va qizlar ishtirok etishdi. 

Musobaqaning ochilish marosimida so'z olgan CHirchiq shahar IIB boshlig'i, podpolkovnik Elmurod Sultonov barcha yig'ilganlarni tabriklab, sportchilarga omad tiladi. 

SHuningdek, ochilish marosimida CHirchiq shahar hokimi Davron Hidoyatov, Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari, polkovnik Ziyod Iminov, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining yoshlar masalalari va manaviy-marifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori SHerzod Mirzanov, O'zDJTSU professor-o'qituvchilari, CHirchiq shahar sport maktabi trenerlari ishtirok etishdi.

Murosasiz va qizg'in bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra, o'g'il bolalar o'rtasida faxrli birinchi o'rinni "Iqbol" MFY jamoasi, ikkinchi o'rinni "Ishonch" MFY va uchinchi o'rinni "Humo" MFY jamoalari qo'lga kiritdi.

Qizlar o'rtasida faxrli birinchi o'rinni "SHarq" MFY jamoasi egallagan bo'lishsa, ikkinchi o'rin "Ishonch" MFY jamoasiga va uchinchi o'rin "Yoshlik" MFY jamoasiga nasib etdi. 

G'olib va sovrindorlar diplom medal, kubok va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. Musobaqa reglamentiga muvofiq, ushbu bosqichda g'olib bo'lgan jamoalar endi viloyat bosqichida ishtirok etishadi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing