So’nggi yangiliklar

10:53Райан Гарсиянинг допинг билан боғлиқ вазиятида муҳим янгилик! 0 10:32Томас Тухель: "Бу футбол қоидаларининг очиқчасига бузилиши" 0 10:11Расман. UFC 302 турниридан ўрин олган навбатдаги жанг тасдиқланди + ПОСТЕР 0 09:50Superbet Poland Rapid & Blitz. Нодирбек Абдусатторов пешқадамлар сафида + ФОТО 0 09:29Расман. UFC гангстерларининг боксдаги жанги санаси ўзгарди 0 09:08Матиас Де Лигт: "Шармандалик! Қанот ҳаками менга "кечир, хато қилдим", деди" 0 08:47АҚШда Исроил Мадримовнинг Теренс Кроуфордни мағлуб этишига шубҳа қилишмоқда 0 08:26Нигина Абдураимовада кутилган натижа 0 08:05Жермелл Чарло маст ҳолда автомобил бошқаргани учун ҳибсга олинди 0 07:44ЕЧЛ финалида "Реал" ва "Боруссия Д" тўқнаш келади! 0 07:23Ўзбекнефтегаз раиси енгил атлетика федерациясига раис этиб тайинланди 0 07:02Расман. Муҳаммад Мокаевнинг навбатдаги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди + ПОСТЕР 0 19:01"Менда рад этиш варианти йўқ эди". Порье Махачев билан жангни қабул қилиши ҳақида гапирди 0 18:39Бир муҳаббат тарихи. Месси ва Антонелла қандай танишган? 0 18:18Сергей Ковалёв Баҳодир Жалолов ҳақида фикр билдирди 0

29 noy 13:50
Yangiliklar

Voleybol

CHirchiqda voleybol bo'yicha xotin-qizlar o'rtasida "S" ligasi final bellashuvlari o'tkazildi

Teglar :  VoleybolCHirchiq
CHirchiqda voleybol musobaqasi bo'lib o'tdi.

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 26-28  noyabr kunlari CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda CHirchiq davlat pedagogika universiteti sport zallarida voleybol bo'yicha  16-21 va 22-26  yosh toifasidagi xotin-qizlar o'rtasida "Ichki ishlar  vaziri kubogi " "S" ligasi respublika final bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Qiziqarli va murosasiz o'tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra, 16-21 yosh toifasidagi qizlar o'rtasida birinchi o'rinni Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanidagi  "Sariq" MFY jamoasi qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinni Toshkent viloyati Ohongoron shahridagi "Yoshlik" MFY jamoasi egallagan bo'lsa, uchunchi o'rin Samarqand viloyati Urgut tumanining "Sariqtepa" jamoasiga nasib etdi.

22-26 yosh toifasidagi xotin-qizlar o'rtasidagi bellashuvlarda faxrli birinchi o'rinni Toshkent viloyati O'rtachirchiq tumani "Fayzobod" MFY jamoasi, ikkinchi  o'rinni  Andijon viloyati Marhamat tumani "Durafshon" MFY jamoasi, uchunchi o'rinni Qoraqalpog'iston Respublikasi Mo'ynoq tumani "Jayxun" MFY jamoasi egalladi. 

Bellashuvlar yakuniga etgach, musobaqaning taqdirlash marosimi tashkil etildi. Yuqori saviyadagi taqdirlash marosimda  g'olib va sovrindorlarga diplom, medal, kubok va qimmatbaho esdalik sovg'alarni Toshkent viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig'i Rustam Boboqulov va boshqa masullar tantanali tarzda topshirishdi.

SHuningdek, bellashuvlar doirasida Toshkent viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig'i tashabbusi bilan CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hududida barcha jamoalar ishtirokida "Yashil makon" loyihasi asosida mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekilib,  o'ziga xos "Besh tashabbus olimpiadasi" bog'i yaratildi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing