So’nggi yangiliklar

12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

23 apr 08:37
Yangiliklar

Voleybol

Endi yurtimizda sohil voleyboli ham rivojlanar ekan

Teglar :  Voleybol
SHu maqsadda Navoiy shahrida xorijlik mutaxassislar ishtirokida seminar tashkil etildi.

SHu kunlarda Navoiyda voleybol bo'yicha 17 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasida xalqaro turnir o'tkazilmoqda. Ikki karra Olimpiada o'yinlari g'olibi, xizmat ko'rsatgan sportchi Vera Duyunova xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan turnirda qo'shni Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston hamda mamlakatimiz qizlar jamoalari g'oliblik uchun bahs olib borishyapti.

Malumki, so'nggi yillarda dunyoda sohil voleyboli rivojlanib bormoqda. Yurtimizga esa ushbu sport turi endi kirib kelayapti. Navoiydagi xalqaro turnir doirasida sohil voleybolini rivojlantirishga qaratilgan o'quv-amaliy seminar ham tashkil etildi.

Sohil voleyboli bo'yicha Qozog'iston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dmitriy Kovalyov rahbarligida o'tkazilayotgan seminarda mamlakatimizning turli hududlaridan jami 24 nafar trener ishtirok etishmoqda.

Seminarda ishtirokchilar dastlab nazariy, keyin amaliy bilimlarini boyitishgan bo'lsa, bugun ularning ikki kun davomida olgan bilimlari sinab ko'riladi. Imtihondan yaxshi o'tgan mutaxassislarga sohil voleyboli bo'yicha trenerlik sertifikati topshiriladi. SHuningdek, seminarni eng yuqori ball bilan topshirgan mutaxassislar bir vaqtning o'zida hakamlik sertifikatini ham qo'lga kiritishlari mumkin.

Hozirda mamlakatimizning 6ta hududida sohil voleyboliga mo'ljallangan maydonlarni tashkil etish bo'yicha amaliy harakatlar boshlab yuborilgan. Iyun oyida esa tarixiy birinchi O'zbekiston chempionati o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Mamlakat chempionati yakunida o'smirlar terma jamoasi tarkibi shakllantiriladi hamda joriy yil Xitoyning SHantou shahrida bo'lib o'tadigan o'smirlar III yozgi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ishlari boshlab yuboriladi.

Ayni paytda O'zbekiston voleybol federaciyasi vakillari Rossiya va Qozog'iston voleybol federaciyalari bilan hamkorlik borasida memorandum imzolash bo'yicha muzokaralar olib borishmoqda. Unga ko'ra, iyul-avgust oylarida sohil voleyboli bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Rossiyaning Sochi hamda Qozog'istonning Olma-Ota shaharlaridagi bazalarda o'quv-mashg'ulotlar yig'inini tashkil etadi.

SHuningdek, iyun oyida o'tkaziladigan birinchi O'zbekiston chempionatiga ham Rossiya va Qozog'istondan mutaxassislar jalb etiladi. Mamlakat chempionati doirasidagi o'yinlarni ham Rossiyadan taklif etiladigan hakamlar boshqarib borishadi va bu mahalliyy hakamlar uchun master-klass vazifasini o'taydi.

Xullas, mamlakatimizda Olimpiada o'yinlari dasturiga kiritilgan sohil voleybolini rivojlantirish borasida ilk qadamlar tashlandi. Umid qilamizki, ushbu say-harakatlar o'zining ijobiy samarasini berib, sohil voleybolida vakillarimiz qisqa muddatlarda Olimpiya o'yinlarida qatnashish baxtiga musharraf bo'lishadi.

Reyting:    

Fikrlar

   
23 apr 08:40:58
Mironsho Jabborov
Bizda yemaydimi deyman
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing