So’nggi yangiliklar

18:52Дариуш Махачевни мағлуб этишига ишонмоқда 0 18:31Шон О'Мэлли Конор Макгрегор билан жанг учун вазнини ўзгартиришга тайёр 0 18:10"Реал Мадрид" Кроосга ўринбосар топди 0 17:48Фьюри: "Агар Усик ғалабани мендан кўра кўпроқ истаса - у ютади" 0 17:25Махачев UFC 302 турниридаги жанги олдидан Порьега мурожаат қилди 0 17:01UFC Саудия Арабистонида ҳам катта турнир ташкил этади 0 16:38"Барселона" ҳужум чизиғини кучайтирмоқчи 0 16:16Ломаченко Камбососни мағлуб этса кейинги рақиб ким бўлади? Промоутер жавоб берди 0 15:53Том Круз Париж Олимпиадасининг ёпилиш маросимида иштирок этади 0 15:27"Ижтимоий тармоқда кўпроқ пул топдим". Шон О'Мэлли UFCдаги гонорарлардан норози 0 15:05EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум 0 14:44Astana Barysy Grand Slam`га қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз иштирокларини кимларга қарши бошлашади? 0 14:39Рим WTA 1000. Осака, Кенин ва бошқаларда ғалаба, Векичда мағлубият, ёмғир сабаб қолдирилган ўйинлар 0 14:18Энтони Смит UFC`нинг таклифини рад этди 0 13:57Анчелотти "Бавария"нинг шикоятларига жавоб қайтарди 0

23 fev 15:39
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Faoliyatida katta sho'ng'ish kuzatilayotgan Hamzat CHimaev yoxud chechenni endi katta turnirlarda ko'rmaymizmi?

Oxirgi ikki yilda UFC’ning yorqin istiqbollardan biri sifatida ko'rilgan Hamzat CHimaevning karerasi keskin darajada pasayib ketdi.

«Borz»ning o'zi hamma narsaning eng yuqorisini ko'zlashidan kelib chiqsak, hozirgi holat u uchun ancha quyi hisoblanadi. CHimaev 10 kun ichida qanday qilib ko'tarilgani va ikki raqibni yo'q qilganini hamma yaxshi eslasa kerak. Keyin u har qanday vaqtda, har kim bilan kurashishga tayyor ekanligini o'z so'zlari bilan tasdiqlagan. Ilk janglardagi qarshilik darajasi, albatta eng yuqorisi bo'lmaydi, biroq Hamzat o'sha paytlarda juda vajohatli ko'rinar edi. Uning tajovuzkor kurashi hamda kuchini boshqa jangchilarda uchratish amri mahol. Sportchining o'zi juda katta va yarim o'rta vaznda u kabi ulkan jangchini topish ham qiyin. 

U o'zining dastlabki to'rt jangida bor-yo'g'i 2 ta (!) zarba o'tkazib yuborgan. Ko'p yillar davomida muxlislar Hamzat timsolida o'zlari uchun yangi yulduzni kashf etib kelishayotgandi. Bundan tashqari, «Borz»ning o'zi bu mish-mishlarni kuchaytirib, uch karra chempion bo'lish istagi mavjud ekanligi haqida bong urdi. 66  kun ichida 3 ta g'alaba, og'ir kasallikdan qaytish, yana avtohalokat va u endi reytingning 11-pog'onasidan joy oldi. Rahbariyatga Hamzat shu qadar yoqardiki, uni kuchli uchlikdan joy olgan Leon Edvards bilan juftlashtirishga qaror qilishdi. Lekin shveciyalik bunga qarshilik qildi, liga esa uni reytingdan olib tashladi, ammo keyin amniciya qilindi. Haqiqiy davogarning paydo bo'lishi bilan ertak nihoyasiga eta boshladi. Gilbert Berns CHimaevga qarshilik ko'rsatish bilan birga, uni deyarli to'xtatdi. Braziliyalik unga bir qancha zarbalar berdi, biroq yakunda qahramonimiz hakamlar qarori evaziga g'olib deb topildi. Hamzat Neyt Diaszga qarshi jang qilishi kerak edi, biroq Kevin Holland bilan to'qnashuv bo'ldi. Keyin esa u butunlay g'oyib bo'lib qoldi. 

Malum bo'lishicha, «Borz» viza bilan bog'liq muammolar sababli endi AQSHga ucha olmaydi va uning vatandoshi Mayirbek Taysumovning (viza sababli qaytib Amerikaga ucha olmagan) tajribasidan bilamizki, bu ish endi ilojsiz. Agar bir yarim yil ichida hech narsa hal qilinmagan bo'lsa, unda yaqin kelajakda biror narsa qilish dargumon. CHimavening so'nggi jangi Abu-Dabida yarim o'rta vazn tofiasida sobiq chempion Kamaru Usmanga qarshi bo'lib o'tdi. Hamzat bir yarim yildan beri jangsiz yurgani, raqiblari esa «faxriy» bo'lib qolganini inobatga olsak, ko'pchilik yirik g'alabani kutgan edi, lekin aslida bu biroz boshqacha bo'ldi. SHveciyalik birinchi raundda Usmanni nokaut qildi, qolgan ikki segment bo'lsa shubhali ko'rindi. Bu omil esa «Borz»ga shubha bilan qarash uchun yana bir sabab bo'ldi. 



So'nggi yillarda uning obro'siga ancha putur etdi. Tanqidchilar CHimaevni X (Twitter) chempioni, jangchilarga qo'ng'iroqlar soni bo'yicha chempion deb atashadi hamda ular Hamzat deyarli doim ishlatadigan «tez orada ko'rishguncha» iborasini ochiqchasiga masxara qilishadi. U Pereyra, Edvards, Striklend, dyu Plessi, Adesanyalar bilan tez orada ko'rishishga vada bergan. Muxlislar hazil sifatida shunday deyishadi: «Biz u haligacha Rakel Penningtonni (amerikalik ayol jangchi) chaqirmaganiga hayronmiz». Dana Uayt «Borz»ni hamon promoushenning superyulduzi deb ataydi hamda viza masalasi hal bo'lishidan umidvor. Jurnalist Ariel Xelvaning so'zlarig ko'ra, UFC 300 turniri uchun CHimaev va Edvards o'rtasida jang tashkil qilinish kerak bo'lgan, biroq shveciyalikning vizasi tufayli boshqa juftlik izlangan. Qahramonimizning o'zi esa Ramazon oyida oktagonga chiqmasligini bir necha bor aytgan, ammo bungacha yubiley musobaqada qatnashish istagi bor ekanligini ham yashirib o'tirmasdi, balki u muborak oy va yubiley turnir sanasi ro'baro' kelib qolishini unutgandir. 

Ayni dam chechen reytingda janglarsiz, vizasiz 11-o'rinni egallab turibdi. U iyun oyida Saudiya Arabistonida jang qilmoqchi ekanligini aytdi, bu mantiqan to'g'ri, chunki u erga xavfsiz ucha oladi. Ehtimol, Singapur va Franciyaga ham uchar, keyin nima bo'ladi? Qolaversa, Saudiyadagi musobaqa Fight Night bo'lib, bu CHimaevning ambiciyalari allaqachon pastga sho'ng'iy boshlaganini anglatadi.

Habib Jo'raboev tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing