So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

17 mar 11:18
Yangiliklar

Boshqalar, Gandbol

FOTO. CHempionlar aniqlandi, navbat qo'l to'piga

Buxoro olimpiya zaxiralari kolleji sport majmuasi hamda Buxoro muxandislik-texnalogiya instituti sport zalida “Barkamol avlod sport jamoalari” dasturidan o'rin olgan sportning basketbol turi bo'yicha o'g'il bolalar o'rtasida Respublika final bosqichi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi RQ-3031 sonli Qorori bilan tasdiqlangan dasturning 50 va 52-bandlari ijrosini taminlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi, O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus talimi vazirligi, O'rta maxsus, kasb-hunar talimi markazi, O'zbekiston “Barkamol avlod” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan, o'rta maxsus, kasb-hunar talim muassasalarida tahsil olayotgan o'quvchilar o'rtasidagi mazkur basketbol sport turi bo'yicha IV bosqichli “Barkamol avlod sport jamoalari” musobaqalarining final bellashuvlarida g'olib va sovrindorlar aniqlandi. 

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan tashrif buyurgan jamoalar guruhlarga bo'lingan holda belgilangan ikkita sport zalda o'zaro kuch sinashishdi. Bo'lib o'tgan bellashuvlar natijasiga ko'ra yarim finalga Toshkent, Buxoro, Sirdaryo viloyatlari hamda Toshkent shahri jamoasi etib kelishdi. 

Poytaxt jamoasiga qarshi maydonga chiqqan Toshkent viloyati jamoasi 52:62 hisobida imkoniyatni boy bergan bo'lsa, Buxoro va Sirdaryo jamoalari bahsida 57:52 hisobida zafar quchgan mezbonlar finalga yo'l olishdi. 

Finalda bir-biriga raqib bo'lgan Toshkent shahri va Buxoro jamoalari  o'rtasidagi o'yinlar qiziqarli va shiddatli tus oldi. Tajriba bobida raqiblaridan ustunlikka ega bo'lgan poytaxtliklar yakunda 54:30 hisobida ustun kelib, birinchi o'rin sohiblariga aylanishdi. Uchinchi o'rin uchun kechgan uchrashuvda esa, Sirdaryo jamoasi Toshkent viloyati jamoasini 46:53 natijasiga ko'ra mag'lub etdi. 

SHundan so'ng, Buxoro olimpiya zaxiralari kollejida g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi tashkil etildi. Marosimda ishtirok etgan O'zbekiston “Barkamol avlod” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy Kengashi raisining birinchi o'rinbosari Erkinboy Qodirov, O'rta maxsus, kasb-hunar talimi Buxoro viloyat  xududiy boshqarmasi boshlig'i Hamid Qobilovlar sovrindorlarni qutlar ekan, xalqaro sport maydonlarida sportchilarimizning har qanday raqibiga nisbatan bellasha olishi va g'oliblikni tantana qilib, Yurt shanini ulug'layotgani haqida to'xtalib o'tishdi. 

SHuningdek, ushbu tashkil etilgan “Barkamol avlod sport jamoalari” musobaqalari orqali yuzlab, minglab o'quvchi-yoshlarni sportga jalb etilayotgani, sport turlari bo'yicha musobaqalarda ishtirok etishlari ularning avvalo bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tishi, qolaversa, sportda iqtidori yuqori bo'lgan o'g'il-qizlarni aniqlash kabi ezgu-maqsadlarni ko'zlagani haqida ham takidlandi. 

Marosim yosh sportchilarning ko'rgazmali chiqishlari, badiiy jamoalarning kuy-qo'shiqlariga ulanib ketdi. Sport bayramiga aylangan tadbirning so'nggida kuchli uchlikni qo'lga kiritgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 

Eslatib o'tamiz “Barkamol avlod sport jamoalari” dasturidan o'rin olgan navbatdagi qo'l to'pi bo'yicha final bosqichi 1-5 aprel kunlari Andijon viloyatida bo'lib o'tadi. Ayni paytda ushbu sporti bo'yicha viloyat saralash bellashuvlari hududlarda davom etmoqda.


Ilhom Rahmonov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing